Anorning shifobaxsh xususiyatlari haqida...


Organizmni tozalash uchun…
Qonni tozalash uchun yiliga 2–3 marta 3 haftadan yangi siqilgan anor sharbatini iching. Birinchi hafta ovqatlanish orasida yarim stakandan 3 marta, ikkinchi hafta 2 marta, uchinchi hafta kuniga 1 martadan ichasiz.
Shish va safro yig‘ilishga moyillik bo‘lsa...
Anor sharbatidan stakanning uchdan bir qismini to‘ldirib, peshob va safro haydovchi vosita sifatida iching.
Ishtahasizlik bo‘lsa…
Ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 dona anor yoki 0,5-1 stakan anor sharbatini iste’mol qiling.
Ichak kasalligi...
3 osh qoshiq anor po‘stlog‘iga 1 stakan qaynagan suv quyib, past olovda yarim soat ustini yopib qaynating. Sovutib kuniga 3-4 kun 50 mldan iching.
Yuqori tana harorati, tumov va tomoq og‘rig‘ida…
1 stakan anor sharbatiga ozroq asal qo‘shib iching.
Gijjalar...
Kuniga 30 gr. anorning qurigan po‘stlog‘ini tuyib, tayyorlangan kukun issiq suv bilan ichilsa, gijjalarni yo‘qotadi.
Hayz siklining buzilishi...
Tuxumdonlar estrogen gormonlarini me’yorida ishlab chiqarishini istasangiz, hayzning yoki har oyning 7–10 kunlari 1 stakandan anor sharbati iching




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]