Bolangiz bilan yaxshi muomila qilasizmi? Tekshirib ko'ring.


Quyidagi savollarga "Ha" yoki "Yo'q",
deb javob berasiz. Har bir "Ha" javob
uchun 1 ball, "Yo'q" javobi uchun 2 ball
qo'shasiz.

1. Bolaga erkalaydigan so'zlar bilan
muomila qilasiz.
2. Bolani ko'p quchoqlaysiz.
3. Bola bilan birga bo'lganingizda mazza
qilasiz.
4. Bola yangi qiliq yoki harakat
o'rganishi uchun unga yordam berasiz.
5. Bola tushunadigan tilda u bilan ko'p
muloqot qilasiz.
6. Bolaga hech jahl qilmaysiz.
7. Kayfiyatingizga bog'liq ravishda
bolaga muomila qilmaysiz.
8. Bolaga kitob o'qib, ma'nosini
tushuntirasiz.
9. Bolaning talabini bajarasiz.
10. Bolani kuchli nazorat qilasiz.
11. Bolaga o'zi qila oladigan ishni
mustaqil bajarishi uchun imkoniyat
berasiz.
12. Bolaga qiziq bo'lgan narsaga siz
ham qiziqasiz.
13. Bolaga qaraganda doim! tabassum
qilish, sizning odatingiz.
14. Bolani silash, erkalash, o'pish,
sizning odatingiz.
15. Bolaga tanbeh berganda, ehtiyot
bo'lasiz.
16. Bola bilan birga biron narsa
o'ynaganda, siz o'yinni boshqarmaysiz.
17. Bola bilan muomila qilganda, uning
ko'ziga qaraysiz.
18. Bolaga asabiz buzilganini
ko'rsatmaysiz.

Qancha ko'p ball to'plagan bo'lsangiz,
shunchalik muomilangizni o'zgartirish
talab etiladi. Ya'ni jami ballar 38 ga
yaqin bo'lgani, sizning bolaga
munosabatingiz yaxshi emasligini
ko'rsatadi.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]