Chekish - bepushtlik sababchisi


Chekish og'il farzand bo'lishini ta'minlaydigan xromosomalarni yo'qotib, bepushtlikni yuzaga keltiradi
Ma'lumki, chekish rakning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Shved olimlari tomonidan o'tkazilgan izlanishlar natijasiga ko'ra kasallikning rivojlanishi Y - xromosomalarning yo'qolishi bilan bog'liq. Bu xromosoma faqat erkaklarda bo'lib, avlodning jinsini o'g'il bo'lishini ta'minlaydi. Usiz esa o'g'il farzand dunyoga kelmaydi. Bu haqida Hi-news xabar bermoqda.
Inson tanasida 46 xromosoma mavjud bo'lib, ularning ikkitasi jinsiy xromosoma hisoblanadi. Ayollar ikkita X, erkaklar esa bittadan X va Y xromosomalarga ega. Y - xromosomada organizmda oqsillar ishlab chiqarishga javob beradigan 50 - 60 gen mavjud.
Shuningdek, xromosomalarning ma'lum bir qismi o'zgarishi bilan yuzaga keladigan kasalliklar ham mavjud. Masalan, bepushtlik. U Y - xromosoma qismlarida genetik materialning yo'qolishi bilan yuzaga keladi.
Shu ham aniqlandiki, qon hujayralaridagi Y - xromosomalarning yo'qolishi erkaklar hoyitini qisqartiradi. Aniqlanishicha, erkak kishi qanchalik ko'p sigaret cheksa, shunchalik tez o'zining Y - xromosomalarini yo'qotib boradi. Ammo, chekishni tashlagan erkaklarda qon hujayralaridagi Y - xromosoma miqdori huddi hech qachon sigaret chekmagan insonnikidek ekani ma'lum bo'ldi. Bu esa Y - xromosomalarning qayta tiklanishi mumkinligini ko'rsatadi.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]