Dahshat! 17 yoshli ona 9 oylik farzandini bo’m-bo’sh uyda bir haftaga yolg’iz qoldirib ketdi


Rostov shahrida istiqomat qiluvchi 17 yoshli talaba 9 oylik farzandini o’ldirishda ayblanmoqda.
Xabarda aytilishicha, u bolani qasddan bo’m-bo’sh uyga tashlab, o’zi do’stlari bilan bazm-u jamshidga ketgan va oradan 1 hafta o’tgachgina qaytib kelgan.
Ayol farzandi tug’ilganidan 2 oy o’tib uni yetimxonaga topshirgan. Tanishlarining aytishlaricha, u bolani parvarish qilishni mutlaqo istamagan. Bola 7 oylik bo’lgan paytda ayolning harbiy xizmatda bo’lgan eri iltimosiga ko’ra bolakayni onasiga qaytarib berishgan.
Biroq yosh “ona” do’stlari turli tantanalarda ko’ngilxushlik qilib yurgan paytda uyda bola bilan o’tirishni istamagan va navbatdagi bazmlarning biriga ketar chog’da bolanining bir o’zini uyda kuchuk bilan tashlab ketgan.
Qo’lga olingan ayol farzandini parvarishlashni istamaganligi haqida ochiqdan ochiq aytgan va aybdor sifatida 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Ayolning eri harbiy xizmatdan qaytgach, u bilan ajrashishni bir zum ham kechiktirmasligi haqida ma’lum qilgan. Internet foydalanuvchilari esa shafqatsiz ayol uchun 6 yillik jazo chuda kam muddat ekanligini ta’kidlashmoqda.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]