Jinsiy aloqa xilma-hil bo'lishi uchun nima qilish kerak?


Jinsiy aloqani sifati uning xilma-hilligidami? Erkak va ayol birga uzoq muddat yashaganida jinsiy munosabatlari ularning ikkoviga ham yoqimli va kerakli bo'lishi uchun qanday yo'l tutsa bo'ladi?
Ba'zi oilalarda jinsiy munosabatlar faqat erkakka kerak. U yerda ayol erkakni qondiruvchi vosita vazifasini bajaradi. Ba'zi oilalarda esa jinsiy munosabatlardan erkak ham ayol birdek bahramand bo'la oladi. Lekin shunga qaramay, ularda ham ma'lum davr o'tgandan so'ng qiziqish pasayishi, ehtiyoj kamayishi yoki qoniqmaslik kabi holatlar yuzaga chiqa boshlaydi.
Agar bunday vaziyatlar ora-orada biron tashqi sabab tufayli yuz bersa, bu muammo emas, vaqt o'tib hammasi joyiga tushadi.
Lekin vaziyat uzoq vaqt yaxshilanmay, er-xotin birga bo'lishdan tobora bosh tortishni afzal ko'rayotgan bo'lsa, bu yerda biron chuqurroq muammo bor bo'lishi mumkin. Chuqurroq muammoga chetda boshqa ayolning mavjudligi, yoki jinsiy ehtiyojga salbiy ta'sir etuvchi kasallik kabilar kirishi mumkin. Ularni chetga surib qo'ysak, muammo yo'q joyda ham jinsiy munosabatlardan sovush kuzatilib turadi.
Jinsiy munosabatlarda xilma-hillik bo'lishi shartmi?
Bu maqsadga bog'liq.
Agar maqsad er-xotinning o'zaro ruhiy munosabatlarini yaxshilash bo'lsa, xilma-hillik hech qanday foyda keltira olmaydi. Agar erkak boshqa ayollarga qaramasligini ta'minlash maqsad bo'lsa ham, bu yordam bermaydi. Jinsiy munosabatlardagi xilma-hillik yordamida jinsiy qoniqish kutilayotgan bo'lsa, u samarasiz bo'lishi hech gap emas.

Yashil olma yeganingizda boshingiz og 'riyotgan bo 'lsa , qizil olma muammoni hal qilmaydi . Lekin yashil olmadan mazza qilayotgan bo 'lsangiz , qo 'shimcha ravishda yeyilgan qizil olma lazzatingizni yanada ko 'paytirib beradi .

Jinsiy munosabatlardagi xilma-hillik muammoni hal qilish emas, balki er-xotin bir-biriga lazzat keltirish, yoqimli bo'lish, yaxshilik qilish, mehrini izhor etish maqsadida qo'llanilishi kerak. Shunda munosabatlar xilma-hilligi boyidi.
Xilma-hillik biron muammoni hal qilmaydi, lekin yaxshi munosabatlarni yuqori pog'onaga chiqara oladi.
Qanday qilib jinsiy munosabatlarni xilma-hil qilish mumkin?
Hech kim va hech qanday tavsiya sizning munosabatlaringizni yaxshilay olmaydi. Faqat erkak va ayolning o'zi, o'zining va bir-birlarini ehtiyojlarini bo'lishgan va eshita olgan holda jinsiy munosabatlariga tabiiy ravishda xilma-hillik kirita oladilar. Chetdan o'rganilgan tajriba sizning organizm imkoniyatlariga, hoxishlaringizga, nihoyat haqiqiy ehtiyojlaringizga to'g'ri kelmasligi ehtimoli yuqoridir.
Shuning uchun er-xotin o'z jinsiy munosabatlarini xilma-hil qilish niyati bo'lsa, avallo aloqa davomida bir-birini his etishni, tushunishni, ishoralarga quloq solishni, bir-birini hurmat qilishni o'rganishi kerak. Shunda o'z-o'zidan yangi -yangi holatlar va korinishlar paydo bo'laveradi. Eng muhimi ular nafaqat bir tomonga, balki erkak va ayolga yoqimli bo'la oladi.
Yildan-yilga boyib boradigan, xilma-hil jinsiy munosabatlar er-xotinni yanada yaqin qiladi.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]