O‘zbekistondagi barcha xonandalar litsenziyadan mahrum etiladi, agar...


Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida Kliplar kengashi tuzilishi, bundan buyon xonandalar TV ekranlar uchun tayyorlayotgan kliplari ssenariysini ushbu Kengash bilan muhokama qilishi kerakligi haqida xabar bergan edik.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan va’da qilingan Kliplar kengashi o‘z ishini boshladi. Bu haqda tahririyatimizga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov xabar berdi.

Abduqahhorovning ma’lum qilishicha, endilikda har bir xonanda klipini suratga oldirib bo‘lgach, uni TV efirlariga berishdan avval Kliplar kengashiga taqdim etadi. Hay’at a’zolari topshirilgan kliplarni teleefirlarga berishni ma’qul topsalar, kliplar namoyishiga ruxsat beriladi. Yo‘qsa, taqiq qo‘yiladi. Xohlovchilar kliplar suratga olinishidan avval kengash a’zolari bilan maslahatlashishlari mumkin.

Bunda TVlarga ortiqcha majburiyat tushmaydi. Aksincha, “O‘zbekkonsert” bor mas’uliyatni gardaniga olyapti. Bundan buyon “falonchi xonandaning yarim yalong‘och libosda chiqqan klipini kanal rahbariyati bizdan beruxsat qo‘yib yuborgan” degan bahonalarga ham o‘rin qolmaydi.

Xonandalar-chi? Xonandalarning ham bundan keyin mas’uliyati ortishi tayin. Kliplarini Kengashga topshirmagan, “bilmagandim”, “xabarim yo‘q edi”, deganlar litsenziyasidan mahrum etiladi.

Darvoqe, Kliplar kengashi 1 fevraldan o‘z faoliyatini boshladi. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘larkin...




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]