Otash Xijron - Lolam (qo'shiq matni)


Tor ko'chalar torligini qildiku bugun,
Yangalaring yuragimni yuldiku bugun.
Sochlaringni jilosiga qo'lim yetmadi,
Ular seni sevishimga parvo etmadi.
Alamlarga ko'milganim kammidi mani,
Ko'z yoshda cho'milganim kammidi mani.
Uzoqlarga olib ketar bo'ldilar sani,
Azoblarga ko'milganim kammidi mani.

Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding lolam.
Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding lolam.

Endi uni butun umr o'zga erkalar,
Ko'zidagi tomchi yoshi qalbim tilkalar.
Yetolmadim sevganimga ojizman axir,
Bo'ldi endi yig'lamagin o'rtanma bag'ir.
Muhabbatim so'lib borar atirgul misol,
Endi o'sha nozik qo'llar begona visol.
Yurakdagi tuyg'ularim o'rniga nafrat,
Qalbim seni seni sevar bilgin to abad.

Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding lolam.
Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding lolam.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]