UZmir ft. MajoR - Bo‘ldi Yetadi (Qo‘shiq Matni)


Info: Bo'ldi yetadi
Author: UZmir
Txt by: MajoR
Music by: UZmir
Studio: UZmir Media
Admin: Shodlik
Year: 19.03.2018 - 22:00
URL: Xazon.RU

(MajoR)
Kimlar rapper bo'ldiyu kimlar bo'lib ketdi qahramon
Keldi yana sovuq qish ortda qoldi qahraton
Mana bugun yana qo'limga oldim qalam
Xa o'sha o'tmishimdan qolganga o'xshar alam

Qolganga o'xshar alam naxotki sevgidan
Lekin man yugurmadim u qizlarni ketidan
Ko'nglimm nega bari to'lmadi ma'nzilga yetibam
Lekin yurak unutmadi gorizondga ketibam

(UZmir)
Nega yurak unutmadi ey osmon ber sado
Yoki biror marotaba mandan o'tdimi xato
Mandan o'tdimi xato nega buni ko'rmadim
Balki munosabatimdan uni ko'ngli to'lmadi

Yo'q endi muhabbatim tugab bo'ldi orzular
Yana achchiq hiyonat esimda qo'lgani shular
"Telefon qimen" bu so'zdan e'tim jimirlardi
Qinidan chiqib ketaman deb yuragim qimirlardi

Bugun g'amgin ko'rinadi derazam orti tomoni
Yana uni sog'indim manimcha shu eng yomoni
Yo'q dardimga davo davo topolmas tabib
Axir achchiq hiyonatga yurak sinishi tabbiy

Ozroq taskin beradi qo'shig'imdegi bu no'talar
Goyo man unutamanda boshqasiga yo'l tanlar
Yo'q boshqalarga o'xshab savollarim ko'pamas
Shunchaki undan boshqasini yuragim o'ylamas

Naq... 2x
Bo'ldi yetadi endi barini unutaman
Qalbim kechar o'sha sevgidan voz kechaman
Yo'llar ayro bo'ldi hayr bevafo yorim
Qancha urundim lekin senga yetmadi zorim

(MajoR)
Yuragimda dard to'la bo'lsada davosi yo'q
Hayot qancha qiynasaham lek undan davoyim yo'q
Nimalarni xoxladimu nimalarni istamadim
Bor qalbim birortasini sevgin deb qistamadim

Da xoxlamadim lekin bari qolimda mas
Hudo biladi qancha ajalga ruhim o'limdamas
Bor bu yo'ling dimas tanla faqat ikki yo'l
Kimlar tayanch bo'ldiyu kimlar uzatmadi qo'l

(UZmir)
Da faqat bugun o'zimga ayondur axvolim
Bu zulmat yo'llarida qolmaganida xolim
Bugun ketaman o'sha o'zim tanlagan yo'limdan
Aslida ko'p narsa keladi hali qo'limdan

Axvolim og'ir bo'lsada o'zimga achinmadim
Mani ranjitgan insonni umirbod kechirmadim
Kechirmadim axir hayotim ularga sovg'a mas
Mani yuragim ularga gullardan bog'amas

(MajoR)
Maqsadim aniq shunchaki gapirmas bu zabon
Shuncha vaqt o'tib ketdi lekn o'zgardi bu zamon
Lekin o'zgarmadi yuragimda qolgan dog'lar
Qancha yozsam tugamas sanga atalgan qatorlar

O'tib ketdi vaqt armonga aylandi bolalik
O'tib ketdi vaqt yo'lim huddi zina poyalik
Bilaman qilgan xatolarimga yo'q yetarli uzurlar
Bilaman endi kim telbayu kimlar atrofda kuzorlar

(UZmir)
Da aytganimdek bu no'talar beradi taskin
Nima yordam berarkin deb o'tkazib bo'ldim kasting
Yana o'sha sentabr yana o'sha ko'cha
Yana o'sha tuyg'ular ketadi mandan qocha

Keladi bahor doyimgidek yoruq safar
Lekin bilmadim taqdir yana nimani ko'rsatar
Balki o'sha sevgi balki o'sha azob
Lekin bu safar tuyg'ular bo'lib ketmidi sarob

(MajoR)
Aldadi meni bu shirin so'zlar
Aldadi meni bu qora ko'zlar
Yuragim e'zgan hiyonatlarini
Bilaman baribir

(UZmir)
Aldadi meni bu shirin so'zlar
Aldadi meni bu qora ko'zlar
Yuragim e'zgan hiyonatlarini
Bilaman baribir

Naq... 2x
Bo'ldi yetadi endi barini unutaman
Qalbim kechar o'sha sevgidan voz kechaman
Yo'llar ayro bo'ldi hayr bevafo yorim
Qancha urundim lekin senga yetmadi zorim

Qo‘shiqni Yuklash | Скачать

•°•The End•°•




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]