WhatsApp va Telegram messenjyerlarining zaif joylari aniqlandi


WhatsApp va Telegram messenjyerlarining veb-versiyalari WhatsApp Web va Telegram Web’da foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari butligiga xatar soluvchi xavfli xato aniqlandi. Bu haqda Check Point Software Technologies matbuot xizmatida ma`lum qilindi.Xaker ushbu zaif joydan foydalanib, jabrlanuvchiga surat ostiga niqoblangan zararli kod yuboradi. Foydalanuvchi surat ustiga bosganda xaker foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlariga kira oladi, so'ngra bu kodni uning barcha kontaktlariga yuborishi mumkin va shu tariqa katta miqyosdagi hujumni amalga oshira oladi. Check Point ma`lumotlariga ko'ra, ayni vaqtda WhatsApp va Telegram muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqdalar.




Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]